Bozor sharhi
Makro & Geosiyosat
AQSh-Xitoy liderlar sammiti oldidan diplomatik aloqalarning kuchayishi bozorlar e’tiborida. AQSh G‘aznachiligi rahbari Skott Bessent xitoy rasmiylari bilan muzokaralar yaxshi o‘tgani, kun tartibida esa yangi AI muloqot mexanizmi hamda savdo “truce”ini uzaytirish masalasi borligini aytdi. Hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, aloqalarning davom etayotgani global risk ishtahasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Neft narxlarining pasayishi va AQSh G‘aznachilik obligatsiyalari daromadlilari ham bozorlarni qo‘llab-quvvatlayapti. Energiya oqimlarida tiklanish belgilarining paydo bo‘lishi ta’minot bilan bog‘liq xavotirlarni yumshatyapti, energiya xarajatlarining tushishi esa inflyatsion bosimni kamaytirmoqda.
Geosiyosiy tomondan, hozir boshlangan BMT Bosh Assambleyasi global xavfsizlik va iqtisodiy risklarni markazda ushlab turadi. Xususan, Eron, G‘azo va Ukraina atrofidagi vaziyatlar e’tiborda bo‘ladi. Kutilayotgan diplomatik xabarlar energiya bozorlariga va riskni qabul qilishga ta’sir qilishi mumkin.
Bugungi iqtisodiy taqvim (GMT)
| Vaqt | Valyuta | Tadbir | Prognoz | Oldingi |
|---|---|---|---|---|
| 12:15 | USD | Haftalik ADP bandlik o‘zgarishi | — | 16.30K |
| 14:05 | USD | FOMC a’zosi Uilyams chiqish qiladi | — | — |
| 17:00 | USD | 2 yillik obligatsiya auksioni | — | 4.315% |

EUR/USD · FX Major
Germaniya iqtisodiyotida zaif eksport va iste’molning sekinlashuvi o‘sish istiqboliga bosimni kuchaytirmoqda. Bundesbank iqtisodiy faollik sustlashayotganini qayd etdi va yuqori energiya xarajatlari inflyatsiyani yana bir muddat yuqori darajada ushlab turishi mumkinligini baholamoqda. Fransiyada esa yuqori byudjet defitsiti xavotirlari obligatsiyalar bozorida risk mukofotini oshirib, yevroni yanada bosim ostiga olmoqda. Yevropada zaif o‘sish va fiskal noaniqlik EUR/USD’ga salbiy ta’sir qilishi mumkin, energiya narxlarining pasayishi esa mintaqa iqtisodiyotiga cheklangan darajada yordam berishi mumkin.
1.1500 darajasi juftlik uchun muhim qarshilik zonasi sifatida ajralib turadi, 1.1440 esa pastga harakatlarda birinchi kuchli tayanch daraja sifatida kuzatilishi mumkin.
| Qarshilik | Tayanch |
|---|---|
| 1.1500 | 1.1440 |
| 1.1530 | 1.1410 |
| 1.1560 | 1.1380 |

GBP/USD · FX Major
Bugun e’lon qilinadigan Buyuk Britaniya PMI ma’lumotlari sentabr oyidagi iqtisodiy istiqbol haqidagi signal sifatida diqqat bilan kuzatiladi. Xizmatlar va ishlab chiqarish sektorlaridagi kuchli ko‘rsatkichlar BoE stavkalarni uzoqroq muddat yuqoriroq ushlab turishi mumkinligi haqidagi kutishlarni qo‘llab-quvvatlaydi, zaif natijalar esa o‘sish borasidagi xavotirlarni kuchaytirib, funtga bosim o‘tkazishi mumkin. Rejalashtirilgan Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasida AI hamda mudofaa bo‘yicha yangi hamkorlik texnologik investitsiyalar va o‘sish istiqboli orqali o‘rta muddatda sterlingni qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan muhim rivojlanish sifatida ajralib turadi.
Agar juftlik yuqoriga harakatini davom ettirsa, 1.3400 kuchli qarshilik darajasi sifatida ajralib turadi, 1.3340 esa pastga harakatlarda birinchi muhim tayanch zonasi sifatida kuzatilishi mumkin.
| Qarshilik | Tayanch |
|---|---|
| 1.3400 | 1.3340 |
| 1.3430 | 1.3310 |
| 1.3460 | 1.3280 |

XAU/USD · Metall
Dollar kursining mustahkamligi va Fed’ning yana bir stavka oshirishi ehtimoli ortayotgani oltinni bosim ostiga olmoqda. Fed bo‘yicha “hawkish” kutishlar dollarni qo‘llab-quvvatlaydi, yuqori stavkalar muhiti uzoqroq saqlanishi mumkinligi haqidagi qarash esa daromad keltirmaydigan oltin uchun yuqoriga potensialni cheklashi mumkin. Boshqa tomondan, neft narxlarining pasayishi inflyatsion bosimni yumshatayotgani va AQSh G‘aznachilik daromadlilari so‘nggi cho‘qqilardan chekinayotgani oltindagi bosimni qisman qoplaydi. Bunday sharoitda dollar va Fed kutishlari pastga bosim yaratadi, obligatsiya daromadlilari yumshayotgani hamda geosiyosiy noaniqlik esa oltinni qo‘llab-quvvatlovchi omillar bo‘lib qolmoqda.
Texnik jihatdan 4375 va 4405 mos ravishda asosiy qarshilik darajalari, 4315 va 4285 esa pastga harakatlarda kuzatiladigan tayanch darajalar hisoblanadi.| Qarshilik | Tayanch |
|---|---|
| 4375 | 4315 |
| 4405 | 4285 |
| 4435 | 4255 |

XAG/USD · Metall
Yuqori AQSh G‘aznachilik daromadlilari va kuchli dollar kumushga bosim o‘tkazmoqda. Fed rasmiylarining “hawkish” xabarlari va qo‘shimcha stavka oshirish ehtimoli daromad keltirmaydigan kumush uchun yuqoriga potensialni cheklashi mumkin. Boshqa tomondan, Xitoydagi sanoat ishlab chiqarishining barqarorligi sanoat talabi orqali kumushni qo‘llab-quvvatlovchi omil sifatida ajralib turadi. Natijada, dollar va obligatsiya daromadlilari yo‘li yaqin muddatda bosim yaratadi, Xitoyga bog‘liq talab esa yo‘qotishlarni cheklashi mumkin.
Texnik jihatdan $69 va $72 asosiy qarshilik darajalari sifatida ajralib turadi, $63 va $60 esa pastga harakatlarda kuzatiladigan tayanch darajalar hisoblanadi.
| Qarshilik | Tayanch |
|---|---|
| $69 | $63 |
| $72 | $60 |
| $75 | $57 |

Brent neft · Energiya
Saudiya Arabistoni eksportni oshirayotgani, Hormuz orqali neft oqimining qisman tiklanishi va AQSh-Eron diplomatiyasi atrofidagi umidlar ta’minot bilan bog‘liq xavotirlarni biroz yumshatyapti. Shuningdek, mintaqaviy ishlab chiqaruvchilar muqobil tashish usullarini ishga solayotgani katta ta’minot zarbasining oldini olmoqda. Biroq, Hormuz va Qizil dengizdagi uzilishlarni aylanib o‘tish uchun qo‘llaniladigan muqobil yo‘nalishlar va kemadan-kemaga (ship-to-ship) o‘tkazishlar yuk tashish xarajatlarini oshirib, neft savdosini yanada qimmat va mo‘rt qilib qo‘ymoqda. Natijada, ta’minot istiqbolidagi yaxshilanish neftga bosimni yengillashtiradi, biroq logistika xarajatlari va mintaqaviy risklar yuqoriga yo‘nalishdagi xavflarni saqlab qolmoqda.
Texnik jihatdan $101 va $104 asosiy qarshilik darajalari, $95 va $92 esa pastga harakatlarda kuzatiladigan tayanch darajalar hisoblanadi.
| Qarshilik | Tayanch |
|---|---|
| $101 | $95 |
| $104 | $92 |
| $107 | $89 |

Bitcoin · Kripto
Bitcoin’da qisqa pozitsiyalarning og‘ir tugatilishi (liquidation) yuqoriga harakatni tezlashtirdi, texnologiya aksiyalaridagi kuchli risk ishtahasi esa kripto bozorini ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Nasdaqdagi rally va AI aksiyalariga xarid qiziqishi investorlarning yanada riskli aktivlarga bo‘lgan ishtahasini kuchaytirmoqda. Bundan tashqari, AQSh G‘aznachilik obligatsiyalari daromadlilari va neft narxlarining pasayishi moliyaviy sharoitlarni biroz yengillashtirib, Bitcoin uchun qulay muhit yaratmoqda. Biroq, ushbu qisqa siqilish bilan bog‘liq harakatning davom etishi risk ishtahasi saqlanib qolishiga va obligatsiya daromadlilari yo‘liga bog‘liq bo‘ladi.
Texnik jihatdan $88K va $91K mos ravishda asosiy qarshilik darajalari, $82K va $79K esa pastga harakatlarda kuzatiladigan tayanch darajalar hisoblanadi.
| Qarshilik | Tayanch |
|---|---|
| 88K | 82K |
| 91K | 79K |
| 94K | 76K |





